Irkutskdagi "Svetofor" supermarketlari tarmoği xaridning minimal qiymatini 500 rubl qilib örnatdi, deb xabar bermoqda Rospotrebnadzor. Taşkilot şu bilan birga bu qarorning noqonuniyligini ta'kidlamoqda.

Bu qoidaga köra, xaridor dökonda kamida 500 rubllik mahsulot sotib olişi kerak, yöqsa dökon xizmat körsatişni rad etadi. 

Rospotrebnadzorning Irkutskdagi bölimida ta'kidlanişiça, iste'molçiga uning mahsulotni erkin tanlab oliş huquqi buzilişi oqibatida yetkazilgan zarar sotuvçi tomonidan töliq hajmda qoplanişi kerak, aybdor şaxs esa ma'muriy javobgarlikka (10 mingdan 20 ming rublgaça jarima) tortilişi lozim. 

"Kassirlar çeklarni yiğindilaşmoqda, agar xarid bu qiymatdan kam bölsa, ular xaridni rad etişmayapti, xaridorlarning özi töpolon qilmoqda. Kassirlar bölsa, çeklarni bir odamga ursalar, nusxasini boşqa xaridorga berişni taklif qilmoqdalar", deb aytdi dökonlardan birining direktori.    

Rospotrebnadzor "Svetofor"ga qoidabuzarlikni bartaraf etiş haqida körsatma bergan.