Google qidiruv tizimi AQŞ prezidenti saylovlari oldidan 3 milliondan ortiq saylovçining ovoz berişiga ta'sir ötkazişi mumkin. Bu haqida Amerika qiziqişlar böyiça tadqiqotlar va texnologiya instituti (AIBRT) katta psixologi Robert Epsteyn öz izlanişidan kelib çiqib, ma'lum qildi.
"Yangi tadqiqotga köra, (Google) avtotöldiruv funksiyasining öziyoq 800 mingdan 3,2 milliongaça ovozlarni siljitişi mumkin bölgan va bu haqida heç kim bilmagan", - deydi Epston.
Epsteynning fikriça, bir nomzodni qöllovçi eng yetakçi qidiruv natijalari saylovda tanlovni amalga oşirmagan 20 yoki undan ortiq foizni taşkil qiluvçi ovozlarning taqsimlanişiga heç qanday tösiqlarsiz ta'sir ötkazişi mumkin.
"Google'ning Klinton xonimni kuçli qöllab-quvvatlaşini inobatga olib, şuni taxmin qiliş mumkinki, Google xodimlari qidiruvning Klintonga aloqador salbiy variantlarini qölda barataraf etişmoqda", - deya ma'lum qildi olim.
AQŞ prezidentligiga saylovlar joriy yilning 8 noyabrida bölib ötadi.

















