«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi yana 3ta Boeing 787 Dreamliner rusumli samolyotini olişni rejalaştirgan. Bu haqda öz manbasiga asoslangan holda Sputnik agentligi xabar tarqatgan.

«Boing – fuqaro samolyotlari» kompaniyasi prezidenti Reymond Konnerning Özbekistonga 7 sentabr kuni amalga oşirgan taşrifi vaqtida yangi samolyotlar xarid qiliş böyiça muzokaralar ötkazilgan.

«Kompaniya 3ta yangi samolyot sotib oliş borasida dastlabki kelişuvga ega. Özbekiston milliy aviakompaniyasining dastlabki ikkita «orzu layner»lari 787-8 komponovkasida (turkum) bölgandi, yangi samolyotlar yölovçi örindiqlari soni köpaytirilgan 787-9 komponovkasida böladi», — deyilgan xabarda.

Qayd etilişiça, Özbekiston tomoni samolyotlarga bir qator talablarni qöymoqçi. An'anaga köra, bu tejamkor tasnifida örindiqlar orasidagi masofaning kengroq bölişi, kattalaştirilgan ekranlar va yana boşqa qulayliklardan iborat böladi.

Eslatib ötamiz, 2016 yilning 31 avgustida «Özbekiston havo yöllari» özining ilk «orzu layneri»ni (246 yölovçiga möljallangan - tahr.) qabul qilgandi. Bu layner avvalgi Boeing 767 rusumli samolyot bilan soliştirganda Moskvaga 10 daqiqa tezroq, Parijga esa 20-30 daqiqa tezroq yetib boradi.

Milliy aviakompaniya yangi samolyotini 5 sentabridan boşlab ekspluatatsiya qila boşladi. Ilk xalqaro reys esa 9 sentabr kuni Qozoğistonning Olmaota şahriga amalga oşirildi.

Şu yilning noyabr oyida aviakompaniya parki ikkinçi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini qabul qilib oladi.

Yangi samolyotlar AQŞ va Kanada, Osiyo, Afrika va Avstraliyadagi şaharlarga parvozlar uçun foydalaniladi.