Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Seltik" uchrashuvida mezbonlar 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alaba kataloniyaliklarning YeChLdagi yirik g‘alabasi sifatida tarixdan joy oldi. Bu borada UYeFA "tvitter"dagi rasmiy sahifasi orqali ma'lumot berdi. Avvalroq klub "Bayyer" ustidan 7:1 hisobida ham g‘alaba qozongan edi. O‘shanda Lionel Messi leverkuzenliklar darvozasiga besh marotaba to‘p kiritgandi.















