Kreml WADA'ga amalga oshirilgan kiberhujum borasidagi ayblovga nisbatan javob qaytardi

Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov Jahon aksildoping agentligining (WADA) ma'lumotlar bazasini rossiyalik xakerlar buzib kirganligiga doir ayblovga javob berdi. U dalillar keltirilmagan ayblovlar birorta tashkilotga obro‘ keltirmasligini ta'kidladi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi.
"Shuni ta'kidlash joizki, rasmiy Moskva, hukumat yoki biror bir Rossiya idorasining bunday qilmishlarga aloqadorligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bu mutlaqo bo‘lmagan gap", - dedi Peskov.
13 sentabrda Rossiyaning Fancy Bear xakerlar guruhi WADA amerikalik tennischilar Serena va Vinus Uilyamslarga taqiqlangan dori vositalarini davolash maqsadida iste'mol qilishga ruxsat berganligi to‘g‘risidagi ma'lumotni chop etgan. Shuningdek 2016 yili to‘rt karra olimpiada chempioniga aylangan amerikalik gimnastikachi Simona Baylzning "ijobiy" doping test topshirgani, lekin o‘yinlardan chetlashtirilmagani aniqlangan.
WADA rossiyalik xakerlar guruhini ADAMS ma'lumotlar bazasiga noqonuniy buzib kirganlikda ayblamoqda.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Ukrainaga yangi uchrashuv sanasi va vaqtini taklif qildi - Medinskiy
Jahon | 21:26
-
Fransiya yangi atom suvosti kemasini taqdim etdi
Jahon | 21:21
-
“Men bo‘lmaganimda Rossiyaning ahvoli yomon bo‘lardi” - Tramp o‘zgardimi?
Jahon | 21:14
-
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi
O‘zbekiston | 21:02
Mavzuga oid

12:48 / 04.02.2025
Tojikistondagi koloniyada mahbuslar qochishga urinib, qo‘riqchilarga hujum qildi

11:34 / 01.01.2025
Berlinda pichoqli hujum: ikki kishi yaralandi

11:30 / 16.05.2024
Rossiyaning bir qator hududlari havo hujumlariga uchradi

09:20 / 14.11.2023