2016 yilgi Toşkent Moda haftaligi 22-27 noyabr kunlari Özbekiston poytaxtida bölib ötadi. Bu haqida taşkilotçilarning matbuot relizida ma'lum qilindi.
Toşkent Moda haftasining asosiy maqsadi - Özbekistonda moda sanoatini yanada rivojlantiriş va rağbatlantiriş, ijodiy salohiyatni rivojlantiriş, barça dizaynerlar uçun keng imkoniyatlar oçiş, yangi nomlarni kaşf qiliş, Şarq an'analari va gözalligini zamonaviy ifodalanişi.
Taşkilotçilarning ta'kidlaşiça, Moda haftaligi doirasidagi barça tadbirlar professional muhitni şakllantiriş va dunyo moda sanoatida xalqaro hamkorlikni yölga qöyişga yönaltirilgan.
Moda haftaligi doirasida köplab tadbirlar ötkaziladi: "Milliy libos" festivali, #beyoung, mahalliy va xorijiy dizaynerlarning mualliflik namoyişlari. Haftaga TNM'ning eng yaxşi kolleksiyalari Gala-taqdimoti, şuningdek yetakçi xorijiy dizaynerlarning mahorat darslari yakun yasaydi.
Bundan taşqari, Moda haftaligi doirasida özbek matolari va amaliy san'at namunalari körgazmasi ham taşkil etiladi.
Italiya, Koreya va boşqa mamlakatlar moda sanoati vakillari uşbu tadbirning maxsus mehmoni bölişadi.

















