Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenko korrupsiyaga qarşi kuraşiş markazi rahbari Vitaliy Şabunin murojaatidan keyin mamlakat içki işlar vaziri Arsen Avakovga qarşi jinoiy iş qözğatilganini ma'lum qildi. 

"Men kuniga bir neça önlab odamlardan maktublar olaman, jumladan janob Şabunindan ham oldim. Uning maktubi böyiça jinoiy iş qözğatdim, kimgalini aytsam işonmaysiz, içki işlar vaziri Avakovga, çunki hamma tengdir", deb aytdi Lutsenko. Biroq boş prokuror Avakovga qarşi qaysi modda böyiça iş oçilganini oşkor qilmadi.

Lutsenko boş prokuraturaga kelib tuşadigan barça murojaatlar bir xil protsessual maqomga ega ekanligini ta'kidlab ötdi. 

Avakov bir neça martalab özi boşqaradigan vazirlik faoliyatidagi kamçiliklar uçun tanqid qilingan. 19 avgustda Avakov Ukrainada jinoyatçilikning ösişini politsiya foş qilinmagan işlarni yopişni töxtatgani, qurol-aslahaga ega böliş bemalolroq bölgani va aholining kambağalligi bilan tuşuntirgan. Şu bilan birga vazir jinoyatlar miqdori 30-40 foizga oşganini tan olgan.