8-12 sentabr kunlari Moskvada rus tili va adabiyoti muallimlari uçun XVI Xalqaro Puşkin tanlovi bölib ötdi. Joriy yilgi tanlovda inşo mavzusi - "Öquv maşğuloti. Sizning yurtingizda rus tili öqituvçisini kim va qanday tayyorlaydi?". Bu haqida Rossiya ilm-fan va madaniyat markazining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Mazkur tanlov Moskva hukumati va Roşamkorlik Federal agentligining qöllab-quvvatlaşi ostida "Rossiyskaya gazeta" tomonidan taşkillaştirilgan.
Tanlovda 43 mamlakat iştirok etdi, şular içidan 22 davlatning 50 nafar rus tili pedagogi ğolib, deb topildi. Şunisi quvonarliki, Özbekistonning turli hududlaridan tanlovda iştirok etgan 5 nafar rus tili va adabiyoti öqituvçisi ham ğoliblar qatoridan joy oldi: Asanova Dilfuza - Nukus; Mavlanova Feruza – Jizzax viloyati; Naumkin Mixail – Buxoro; Karimova Raisa - Marğilon; Odinayev Timur - Termiz. Bunday yuksak natijalar Özbekistonda rus tili va madaniyatiga bölgan qiziqişdan dalolat beradi.
Tanlov ğoliblari Roşamkorlikning Özbekiston Respublikasidagi vakolatxonasiga körsatilgan yordam uçun minnatdorçilik bildirişdi.


















