Amerikaning Havayi ştati şifokorlar xatosi tufayli (narkoz dozasining oşirilib yuborilişi natijasida) hayotdan köz yumgan kişining oilasiga 4,2 million dollar miqdorida tovon puli tölaydi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi. 

32 yoşli Antonio Marrero 2013 yilda ştatdagi şifoxonlardan biriga tomoq oğriğidan şikoyat qilib borgan. Uni körikdan ötkazgan şifokor bemorda angina kasalligini taxmin qilgan, biroq bunga töliq işonç hosil qiliş uçun bemorni mahalliy narkoz ta'sirida tekşirişga qaror qilgan. Sedativ preparat yuborilgandan keyin bemor huşidan ketib, hayotdan köz yumgan. 

Antonioning oila a'zolari Amerika hukumatini sudga berdi. Oila a'zolarining fikriça, bemorni davolaşga kirişgan şifokor anesteziolog bölmagan, şunday ekan, uning narkoz yuborişga haqqi ham yöq.

Natijada da'vo arizasini sudgaça hal qilişga erişildi. Mahalliy hukumat yuqorida qayd etilgan summadagi tovon pulini tölaşga va'da berdi, öz navbatida, marhumning oila a'zolari da'vo arizasini qaytarib olişdi.