Afğonistonning ğarbida Iyd al-Adha (Qurbon hayit) bayrami vaqtidagi bir qator yöl-transport hodisalarida bir kişi halok böldi, 153 kişi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Pajvak axborot agentligi.

"Hayitning birinçi uç kuni davomida Hirot şahri va Hirot viloyatining qolgan 15 okrugidagi yöl-transport hodisalarida 153 kişi jarohat oldi, 19 yoşli yigit halok böldi", deb ma'lum qildi şahar şifoxonasi vakili Muhammad Şafiq Şerzoy.

Şerzoyning aytişiça, yöl-transport hodisalariga asosiy sabab tezlikning oşirilişi va e'tiborsizlik, şuningdek, ba'zi yöllarda yöl belgilarining yöqligi, yöllarning yomonligi va maşinalarning köpayotganligi sabab bölmoqda.

Mahalliy hukumatning aytişiça, köpçilik avtofalokatlar mototsikllar iştirokida sodir bölmoqda, ulardan köpçiligi yöl harakati qoidalaridan xabardor bölmagan baloğatga yetmagan bolalar tomonidan boşqariladi.