Madriddagi Karlos III nomli universitet tadqiqotçilari barça insonlarni şaxs turi sifatida 4 guruhga böliş mumkinligini aniqlaşdi: hasadgöylar, optimistlar (ijobiy fikrlovçilar), pessimistlar (salbiy fikrlovçilar) va işonuvçan kişilar. Bu haqida Science Advances ilmiy jurnalida çop etilgan maqolada hikoya qilinadi. 

Olimlar tadqiqot doirasida 541 nafar kişini turli ijtimoiy vaziyatlarda özini qanday tutişini kuzatişdi. Natijada ularning qarorlari kompyuter algoritmi yordamida tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalariga köra, 90 foiz kişi mavjud 4 mezonga mansubligi aniqlandi - 30 foizi hasadgöylar, qolgan 60 foizi - optimistlar, pessimistlar va işonuvçan kişilar (har bir mezonga 20 foizdan). Qolgan 10 foiz iştirokçini esa kompyuter heç bir guruhga qöşa olmadi.

Olimlarning ta'kidlaşiça, insonlarga nisbatan bunday tasniflaş birinçi marta qöllanilmoqda.