AQShning Minnesota shtatidagi hujumni IShID terrorchilik guruhi tarafdori amalga oshirgan, deb xabar bermoqda IShIDga ro‘yxushlik qiluvchi axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Minnesotadagi Sent-Klaud shahrida pichoq bilan qurollangan erkak savdo markaziga kelganlarga hujum qilishi oqibatida 8 kishi jarohat olgan.
Mahalliy politsiya boshlig‘i Uilyam Andersonning aytishicha, erkak hujumdan avval jabrlanuvchidan u musulmonmi-yo‘qligini so‘ragan.















