Fransiya prezidenti Fransua Ollandning fikriça, qöporuvçiliklarning oldini oliş va terrorizmga qarşi kuraşiş uçun qöşimça mablağlar zarur. RIA Novosti axborot agentligining xabar qilişiça, fransuz davlat rahbari Parijdagi teraktlar qurbonlari xotirasiga bağişlangan anjumanda şunday fikrni bildirgan. 

«Biz amalga oşirilgan harakatlarimizning barqarorligini ta'minlaşimiz zarur. Men, qöporuvçiliklarning oldini oliş, ularga xalaqit beriş va barham beriş borasidagi barça vositalar haqida sözlayapman. Bularning barçasi doimiy işlaşni talab qiladi. Buning uçun hatto, men qabul qilgan çoralarni kuçaytiriş uçun qöşimça zaxiralar ham talab qilinadi», — degan Olland. 

Prezident şuningdek, terakt qurbonlari uçun kafolat jamğarmasi qoidalari va uning faoliyatiga özgartişlar kiritilişini ma'lum qilgan.