Turkiya TIV rahbari Mavlud Çovuşöğli quruqlikdagi harbiy amaliyotsiz IŞID terrorçi guruhiga bas kelib bölmaydi, deb hisoblaydi. Bu haqida u CNN International telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

"Biz terrorçilar bilan kuraşda "Suriya erkin armiyasi"ni (SEA) qöllab-quvvatlamoqdamiz. Har bir xalqaro uçraşuvda biz quruqlikdagi harbiy amaliyotsiz bu qonli guruhni mağlub qilib bölmasligini ta'kidlab kelyapmiz", - dedi u. 

Turkiyaning harbiy rejalariga töxtalar ekan, Çovuşöğli "Frot qalqoni" operatsiyasi doirasida Suriya şimolida xavfsizlik zonasi yaratilişi rejalaştirilayotganini ma'lum qildi. 

"Rejalar quyidagiça: "Manbij etagi" deb nomlangan mintaqani IŞIDdan xalos qiliş va uni xavfsizlik hududiga aylantiriş. Şundan söng e'tiborimiz Al-Bab şahriga qaratiladi", - dedi u. 

Vazir Suriyaning Raqqa va Iroqning Mosul şaharlari "IŞIDning poytaxti" hisoblanişi va "bu hududlarda tozalaş işlari olib borilişi kerak"ligini ta'kidladi. 

"Bizning duşmanimiz bir, şu bois hammamiz unga qarşi birgalikda kuraşişimiz lozim. Jarablusdagi harbiy amaliyotdan keyin hammada IŞIDni osonlik bilan yutiş mumkinligiga işonç paydo böldi. Eslatib ötaman, 30 ming IŞID terrorçisi 65 mamlakat koalitsiyasiga qarşi kuraşmoqda", - dedi u. 

Turkiya 24 avgustdan Suriya hududida "Frot qalqoni" operatsiyasini yölga qöydi va 8 soat içida SEAga Jarablus ustidan nazorat örnatişga yordam berdi.