Nemis poygaçisi, "Formula-1" tasnifining yetti karra çempioni Mixael Şumaxer oyoqqa turmagan. Bu haqida sportçining advokati Feliks Damm VVS News'ga ma'lum qildi. 

Afsonaviy poygaçining huquq himoyaçisi 2015 yilning dekabrida 47 yoşli sportçining oyoqqa turgani haqidagi xabarni çop etgan Bunte nemis jurnaliga qarşi da'vo işi böyiça ana şunday bayonot berdi. 

Uşbu vaziyatni Şumaxerning menejyeri Sabina Kem ham izohladi. "Afsuski, Mixaelning qayta oyoqqa turgani haqidagi xabar haqiqatga töğri kelmaydi. Bunday ma'lumotlar asossiz. Boz ustiga bu mazmundagi xabarlar köplab kişilarning qalbida yolğon umid uyğotadi", - dedi u. 

Sobiq avtopoygaçi hozirda özining Şveytsariyadagi villasida qayta tiklaniş muolajalarini olmoqda. U 2014 yilning sentabrida şifoxonadan öşa yerga qaytgan. Eslatib ötamiz, Şumaxer 2013 yilning dekabrida toğ çanğisida uçayotib, yiqilib tuşgan va boşi bilan toşga urilgan. Uşbu baxtsiz hodisa natijasida sportçi yarim yildan ortiq koma holatida bölgan.