Qoraqalpoğiston televideniyesida Rossiya 1-kanali orqali efirga uzatiladigan, Ivan Urgant boşlovçilik qiluvçi "Veçerniy Urgant" şousining mahalliy muqobili paydo böldi. Uni You Tube kanali orqali körişingiz mumkin.

Yangi körsatuvning nomi - "Haz!lkesh". Unda Ivan Urgantning rolida Yumorbek taxallusini olgan qiziqçi-jurnalist namoyon böladi. Uşbu körsatuvga xuddi "Veçerniy Urgant"dagidek mehmonlar taklif etilgan va boşlovçi ular bilan hazil suhbat uyuştirgan. Ularni zaldagi tomoşabinlar olqişlab turişadi. 

"Haz!lkesh" dasturining birinçi soni qöşiqçilik mavzusiga bağişlangan. Unda boşlovçi qöşiqçi böliş uçun insonga nimalar kerak bölişini sanab ötadi. 

Ilk körsatuvning mehmoni - endigina sahnalarni zabt etayotgan qoraqalpoğistonlik yigitlardan iborat "Fantaziya" hazilkaş guruhi. Ular körsatuv orqali öz iste'dodlarini namoyiş qilib, hazil-qöşiqlar taqdim etişadi.