Yevrokomissiyada yevropalik abonentlar uçun rouming uçun qöşimça xarajatlar bekor qilinişi ma'lum qilindi. Yevrokomissiya vakillari Yevropa Ittifoqi davlatlari örtasidagi mobil aloqa roumingini bekor qilişga kelişib oldilar, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Qaror 2017 yil iyunidan kuçga kiradi.
"Yevrokomissiya 2017 yil 15 iyundan rouming uçun xarajatlarga çek qöyuvçi qarorga keldi. Yangi yondaşuv suiiste'mol qiliş holatlariga nisbatan operatorlar uçun mustahkam himoya mexanizmini ta'minlaydi", deb aytdi raqamli iqtisodiyot va jamiyat böyiça yevrokomissar Gyunter Ettinger.
Ettingerning aytişiça, hujjatning yakuniy qabul qilinişi joriy yilning 15 dekabrida yuz berişi kerak. Ta'kidlanişiça, rouming uçun xarajatlar Yevropa Ittifoqining boşqa davlatiga bormoqçi bölgan fuqarolari uçun bekor qilinadi. Boşqa sayyohlar ularning milliy operatorlari rouming uçun belgilaydigan qöşimça haqni tölaşda davom etaveradilar.

















