Özbekistondagi eng yirik sement zavodlaridan bölgan «Qizilqumsement» AJ boş direktor lavozimiga tanlov e'lon qildi. Bu haqda nuz.uz sayti xabar bergan.
Aktsionerlik jamiyati saytida boş direktor lavozimiga da'vogarlar uçun talablar özbek, rus va ingliz tillarida keltirilgan.
Unga köra, da'vogar oliy kasbiy ta'lim darajasiga ega bölişi, rahbar lavozimlarda kamida 3 yillik iş stajiga ega bölişi lozim hisoblanadi.
Nomzodning xorijiy tillarni bilişi, korporativ boşqaruvning zamonaviy uslublari sohasida sertifikati mavjudligi qöllab-quvvatlanadi.
Nomzod quriliş materiallari işlab çiqariş, iqtisodiyot, menejment va marketing sohalarida bilimlarga, korxonaning moliyaviy-xöjalik faoliyati tahlilini amalga oşiriş qobiliyatiga ega bölişi lozim.
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni topşiriş muddati şu yilning 20 oktabr, soat 18.00ga qadar etib belgilangan.
«Qizilqumsement» OAJ 1994 yili Navoiy sement kombinatini Oçiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantiriş yuli bilan taşkil qilingan. Işlab çiqariş hajmi - yiliga 3 mln 430 ming tonna sement.
«Qizilqumsement» AJ tomonidan 10dan ortiq turdagi quriliş mahsulotlari (sement mahsulotlari, şifer, plitalar, devorbop bloklar, asbestosementli mahsulotlar, elektrodlar, sement qadoqlaş qopçalari, beton va temir betonlar) işlab çiqariladi.












