Niderlandiya kubogi doirasida Amsterdamning «Ayaks» va Tilburgning «Villem II» jamoalari uçraşuvida videotakrordan foydalanildi. Bu Yevropada bu texnologiyadan foydalanilgan ilk rasmiy öyin böldi.
Uçraşuv «Ayaks» hisobiga 2:0 bölib turganida «Villem II» futbolçisi Anuar Kali qöpollik uçun sariq kartoçka oldi. Lekin videotakrorlarga javobgar bölgan maxsus hakam boş hakam Danni Makkeliga signal berib, bu harakat uçun qizil kartoçka berilişi lozimligini bildirdi va hakam bu qarorni qabul qildi.
Kali maydondan çetlatilgaç, «Villem II» yana 3ta gol ötkazib yubordi.
Videotakrordan foydalaniladigan ikkinçi uçraşuv ham Niderlandiya kubogi doirasida, «Feyyenoord» va «Oss» jamoalari örtasida bölib ötadi.

















