Tesla o‘z elektromobillarining dasturiy ta'minoti faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida unga majburiy ventilyatsiya va salonni sovutish funksiyasini qo‘shdi. 

Tesla dasturiy ta'minotidagi yangi funksiya mashina salonidagi havo haroratini doimiy nazorat qilishga imkon yaratadi. Agar u Tselsiy bo‘yicha 40 darajadan oshsa, tizim avtomatik ravishda konditsioner va ventilyatsiyani ishga tushiradi.