Ötgan hafta mobaynida Özbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir böldi, muhim qarorlar qabul qilindi, köz körib, quloq eşitmagan hodisalar sodir böldi. Ana şu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.
20 sentabr
Suriyada BMTning insonparvarlik yordamlari olib ketayotgan konvoyi öqqa tutildi. Buning oqibatida 10 kişi halok böldi. Natijada AQŞ Suriyada Rossiya bilan hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlarini körib çiqmoqçi ekanligini ma'lum qildi.
Qirğiziston prezidenti yuragidagi muammo sababli AQŞga ketayotgan yölidan ortga qaytdi. U oy oxiriga qadar Turkiyada davolanadigan böldi.
Şavkat Mirziyoyev metroning «Yunusobod» yönalişidagi quriliş işlarini yakunlaş topşiriğini berdi.
Şavkat Mirziyoyev Angrenga taşrifini amalga oşirdi. Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev paralimpiyaçilarni mukofotlaş haqidagi farmoyişini imzoladi.
Bu xabarlar haqida >>> batafsil.
21 sentabr.
Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston qahramoni Abdulla Oripov 2 sentabr kuni vafot etgan Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovga atab marsiya yozdi.
Politsiya qurolsiz afroamerikalikni otib öldirişi bilan boğliq voqeadan keyin Şimoliy Kaliforniyada norozilik namoyişlari boşlandi.
AQŞning Indiana ştatida huquq-tartibot organlari xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanuvçi qizni qölga olişdi.
Rossiya Markaziy banki ma'lumotlarida keltirilişiça, şu yilning yanvar oyidan iyul oyiga qadar Özbekistonga 952 mln dollar jönatilgan.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida 7-18 sentabr kunlari ötkazilgan 15-Paralimpiya öyinlarida muvaffaqiyatli iştirok etgan Özbekiston jamoasi bölgan samolyot bugun, tonggi 06:15da Turkiya orqali Toşkentga xalqaro aeroportiga yetib kelişdi.
Bu xabarlar haqida
















