Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dakka aeroportidagi chiqindi qutisidan 3 kilogramm oltin topildi
Bangladesh bojxona xodimlari Dakka shahridagi Hazrat Shoxjalol xalqaro aeroportidagi chiqindi qutisidan 3 kilogramm oltin topib olishdi. Bu haqida Daily Star nashri ma'lum qildi.
Bojxona xodimlari kontrabandachilarning aeroportga kelgani haqida ma'lumot olishgan. Qidiruv operatsiyasi natijasida ular immigratsiya zonasidagi chiqindi qutisidan 10ta oltin yombi topishgan.
"O‘ylashimizcha, taxminiy kontrabandachilar ofitserlarimizning faollashib qolganini sezib, oltinlardan qutulishga qaror qilishgan", - dedi bojxona xizmati xodimi Mo‘ynul Xon.
Topilmaning bozor narxi 190 ming dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
14:26 / 28.05.2026