Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi, Respublika Boş vaziri Şavkat Mirziyoyev şu yilning 25 sentabrida Toşkent şahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, aholi mavzelari, köp qavatli turar joylar va ijtimoiy soha obektlarini kuzgi-qişki mavsumga tayyorlaş işlarining borişi bilan yaqindan tanişdi. Ayniqsa, nurab qolgan eski uylar örnida yangi binolarni quriş, köp qavatli uylardagi yaşaş şaroitlarini yanada yaxşilaş, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olib, kommunal xizmatlar sifatini oşiriş, bu borada iqtisodiy tejamkor usullarni joriy etiş masalalariga alohida e'tibor qaratdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Aholi vakillari va şahar rahbarlari, mutasaddilar iştirokida ötkazilgan uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahri uçun ustuvor ahamiyatga ega bölgan yirik dastur – Sergeli tumanida 2017-2022 yillarda 500 ta köp qavatli uyning bunyod etilişi bilan boğliq loyiha işlab çiqilganiga alohida töxtaldi. Bu turar joylarning bugungi kun talablariga töla javob beradigan puxta loyihalar asosida qurilişi, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta'minlaş böyiça mutasaddi rahbarlar va mutaxassislar bilan atrofliça fikr almaşdi.
Ta'kidlaş joiz, bu ulkan loyihaning amalga oşirilişi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bölgan ehtiyojini qondiriş imkonini yaratadi. Şunisi e'tiborliki, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.
Uçraşuvda yana bir muhim masala – azim poytaxtimizning barça tumanlarida yangi madaniyat va istirohat boğlari barpo etiş, yaşil maydon va hududlarni yanada köpaytiriş masalasi muhokama etildi. Poytaxtda yangi transport-kommunikatsiya tarmoqlari, madaniy-maişiy obektlar bunyod etiş, yer usti tezyurar metro yönalişlari qurilişini loyihalaştiriş işlarini jadallaştiriş borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
Şavkat Mirziyoyev yaqin kelgusida amalga oşirilişi möljallangan bu loyihalar nafaqat Sergeli tumanini, balki butun Toşkent şahrining imkoniyat va salohiyatini yanada yuksaltiriş yölida katta istiqbollar oçib berişini qayd etdi.
Uçraşuvda poytaxt aholisi uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş, ulkan hajmdagi obodonçilik va kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşiriş, bir söz bilan aytganda, odamlarni hayotdan rozi qiliş masalasi doimiy e'tibor markazida bölişi ta'kidlandi.
















