Özbekistonda şartnoma böyiça harbiy xizmatga unvonidan qat'i nazar 5 yil muddatga qabul qiliş tartibi joriy etildi.
Özbekiston prezidenti vazifasini vaqtinça bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev tomonidan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgarişlarga köra şartnoma asosida harbiy xizmatga qabul qilinayotgan şaxslar bilan dastlabki şartnoma 5 yil muddatga tuziladi.
Parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat tomonidan tasdiqlangan Qonun hujjati 24 sentabr kuni naşrlarda e'lon qilindi va kuçga kirdi.
Harbiy xizmatda bölişga imkon beruvçi yoşga qadar 5 yildan kam qolgan bölsa, şartnoma bundan oz muddatga tuzilişi mumkin.
Ilgarilari harbiy xizmatni ötaş borasidagi dastlabki şartnoma muddati unvonga boğliq edi. Xususan, oddiy askar va serjantlar bilan 3 yil, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat ötaş böyiça esa 5 yil muddatga şartnoma tuzilardi.
Harbiy xizmatni ötaş muddati va uning asosiy şartlari avvalgidek şartnomada belgilanadi.

















