Janubiy Sudan isyonçilari yetakçisi Riyek Maşar xorijdan turib öz tarafdorlarini hukumatga qarşi yangi uruş boşlaşga çaqirdi va 2015 yilda tuzilgan tinçlik kelişuvini tan olmasligini ma'lum qildi.
Vitse-prezident Maşar joriy yilning iyul oyida, yangi fuqarolar uruşi arafasida mamlakatni tark etgan edi. Ayni damda u Sudan poytaxti Xartum şahrida yaşiringan.
Frans Press axborot agentligining ma'lum qilişiça, Maşar “mamlakatga tinçlik, erkinlik va demokratiyani qayta olib keliş uçun prezident Salva Kiiraning avtoritar va faşistik tuzumiga qarşi xalqni qözğalonga” çorlagan.

Maşar qoçib ketgaç, vitse-prezidentlik unvonidan mahrum bölgan. Uning örniga isyonçilarga rahbar va vitse-prezident Taban Deng böldi. U hukumat bilan muzokaralar olib bormoqda.
Denganing tarafdorlari Maşar tinçlik sulhiga erişa olmasligini iddao qilişadi.
2013 yil dekabrida Salva Kiir qözğolonçilarning sobiq yetakçisi, özining örinbosari Riyek Maşarning lavozimidan böşatişi Janubiy Sudanda mojaro kelib çiqişiga sabab böldi. Ikki siyosatçi örtasidagi qarama-qarşilik tufayli ularning tarafdorlari, ikki xil elat vakillari örtasida töqnaşuvlar sodir bölişi tezlik bilan avj oldi. Töqnaşuvlarda qurbon bölganlar soni ön minglabni taşkil qiladi.
2015 yilning avgust oyida Kiir va Maşar tinçlik kelişuvini imzoladi. Şu yilning yanvar oyidan boşlab ular milliy birlik ötiş hukumati tuzişga kelişib oldi. Şu yilning 7 iyul kuni hukumat kuçlari va qurollangan muxolifatçilar örtasida mojaro yana yangilandi.
















