Italiyalik şifokorlar jarrohlik amaliyoti davomida xabis ösimta rivojlangan öng buyrakning örniga adaşib, çap buyrakni olib taşlaşdi. Bu haqida The Local naşri ma'lum qildi.
Italiya şimolidagi Vijyevano şahrida 78 yoşli kişiga buyrak saratoni taşxisi qöyildi, şu bois unga nisbatan jarrohlik amaliyoti qöllanib, bir buyragi olib taşlandi. Manbaga köra, şifokorlarning xatosi darhol aniqlanmagan.
Operatsiyadan keyin ahvoli yaxşilanmagan bemor şifoxonaga qayta murojaat qildi. Şundan sönggina şifokorlar soğlom buyrak olib taşlanganini anglab yetişdi. Endi esa nafaqaxör haftada uç marta tört soatdan davom etadigan dializ muolajasiga qatnaşi lozim.
Bemorni operatsiya qilişda xatolikka yöl qöygan şifoxonada içki tergov işlari olib borilmoqda. Davolaş muassasasi 78 yoşli nafaqaxördan uzr söragan va davolaş uçun kerak bölgan barça xarajatlarni öz zimmasiga olgan.













