2016 yil 23 sentabrda qabul qilingan № ÖRQ–411 qonunga köra, qonunda belgilangan tartibda yetarli darajada jihozlanmagan avtomobil egalariga jarima solinişi haqida xabar qilingan edi. Xususan, transport vositasida favqulodda holatlarda oynani sindiriş uçun bolğaça, öt öçirgiç, tibbiyot qutiçasi, avariyali holatlarda töxtaş belgisi va yoruğlikni qaytaruvçi nimçalardan biri bölmasligi eng kam oylik iş haqining yarim baravari miqdorida jarima solinişiga asos böladi. 

Biroq, bolğaça M2 va M3 toifasidagi transport vositalari uçun zarur, deb xabar qilmoqda Uznews.uz sayti.
 
Şunga köra, yengil avtomobillarda: tibbiyot qutiçasi, öt öçirgiç, avariya holatida töxtaş belgisi, yoruğlikni qaytaruvçi nimçasi bölişi lozim. 

M2 toifasiga, haydovçi örindiğidan taşqari 8dan ortiq yölovçi örindiğiga ega hamda eng oğir vazni 5 tonnagaça bölgan yoki ularning negizida işlab çiqilgan va haydovçi örindiğidan taşqari 3-8 örindiqqa ega avtotransport vositalari kiradi. 

M3 toifasiga haydovçi örindiğidan taşqari 8tadan ortiq örindiqqa ega va eng oğir vazni 5 tonnadan ortiq bölgan transport vositalari kiradi. (Yöl harakatlari qoidalariga 3-sonli ilovaning 7.10 bandi).