Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurlik 17 soat vaqt mobaynida 2 yoshli bolani garovda ushlab turdi
Singapur politsiyasi 28 sentabr kuni 17 soat vaqt mobaynida ikki yashar bolani garovda ushlab turgan shaxsni hibsga oldi. Channel NewsAsia telekanalining xabar berishicha, maxsus operatsiya o‘tkazilayotgan vaqt bolaga zarar yetmagan.

Dastlabki tergov-surishtiruv ishlariga ko‘ra, 39 yoshli erkak bolaning onasi bilan janjallashib qolgan. Politsiyaga holatni tushuntirgan erkak "xotini bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan"ini aytgan. Uzoq olib borilgan muzokaralarga qaramay, jinoyatchi murosaga kelmagan. Shundan so‘ng ko‘p qavatli uyning beshinchi qavatidagi xonadonga bostirib kirilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bolaning onasini giyohvand moddalar saqlash va tarqatishda ayblab, qo‘lga olishgan. Hibsga olingan erkak ham giyohvand moddalarning noqonuniy savdosida gumon qilinmoqda.
Ayni damda bolakay shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng uning keyingi hayotiga oydinlik kiritiladi.


Mavzuga oid
11:19 / 21.05.2026
Soxta imzo, haqiqiy qarz va domino effekti: fuqarolik huquqi nimani himoya qilishi kerak?
20:30 / 09.04.2026
Soxta imzo, tasdig‘ini topgan jinoyat va nizoli garov: Toshkentda tadbirkor o‘zgalar qilmishini deb mulkidan ayrilib qolmoqda
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
07:15 / 08.11.2025