Don mahsulotlari iqlimning şiddat bilan özgarişiga çidamsiz bölib çiqdi, şu bois ular kelajakda Yer yuzidan yöqolişi mumkin.
Global isiş don mahsulotlarining unga moslaşişiga nisbatan bir neça ming karra tez rivojlanmoqda. Bu esa insonlarni yegulik bilan ta'minlovçi ösimliklarning yöqoliş xavfini paydo qiladi. Biology Letters jurnalida çop etilgan maqola mualliflari ana şunday xulosaga kelişgan.
Tadqiqot mualliflari bu jarayonlarni aynan don mahsulotlariga nisbatan örganib çiqişdi, zero ular insonlar iste'mol qiluvçi taomlarning asosi bölib xizmat qiladi. Don mahsulotlariga buğdoy, guruç, makkajöxori, arpa, suli va şakar qamiş kiradi. Inson iste'mol qiluvçi kaloriyalarning yarmidan köpini aynan don mahsulotlari taşkil qiladi.
Vens va uning hamkasblari 236 xil don mahsulotini örganib çiqişdi hamda ularning özgarişlarga çidamliligini baholaşdi. Olimlar bugungi kundagi iqlimning özgariş sur'ati don mahsulotlarining ekologik moslaşuvi sur'atidan 5000 karra tez ekanligi haqidagi xulosaga kelişdi.
Bir neça ön yillardan keyin ular yangi şaroitga mutlaqo çidamsiz bölib, yöqolib ketişi mumkin. Mualliflar bu jarayonlarning istiqbollarini qişloq xöjaligi va insoniyatni yegulik bilan ta'minlaş nuqtai nazaridan körib çiqişmadi, biroq bu butun biosfera uçun "dahşatli asoratlar"ga olib kelişi mumkin.

















