Yakunlanib borayotgan 29 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir qator O‘zbekiston fuqarolari faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

2015 yil 29 sentabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning farmoni e'lon qilindi.
>>> Batafsil.
Toshkent metrosiga oylik yo‘l chiptalari qaytadi

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida shahar aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida 1 oktabrdan boshlab yangi oylik yo‘l chiptalarini kiritishni ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Xorazmga tashrifi vaqtida Taxiatosh IES qurilishini tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, shu bilan bir vaqtda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 28 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatiga tashrifni amalga oshirdi.
>>> Batafsil.



















