Rossiya taşqi işlar vazirligiga köra, 2001 yil 11 sentabrda AQŞda sodir etilgan teraktlarga öxşaş voqealar yana takrorlanişi ehtimoli yuqori, ammo xalqaro hamjamiyat bunday xunrezliklarga yöl qöymaslik çoralarini körmoqda. Rossiya TIV rahbari örinbosari Oleg Siromolotov şunday fikrni bildirgan.
«Şu boisdan ham, 2001 yili AQŞda sodir etilgan qöporuvçiliklarga öxşaşi boşqa takrorlanmaydi, deyiş muşkul», — deya Siromolotov sözlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Uning sözlariga köra, bunday teraktlarning qamrovini ham tasavvur qiliş qiyin.

















