Tibbiyot va psixologiyani aralaştirsa nima bölişini bilasizmi? Psixosomatika. Bu tibbiyotdagi yönaliş bölib, u bizning his-tuyğularimiz, qörquvlarimiz va ruhiyatimizning salomatlikka ta'sirini örganadi. Bizning içki keçinmalarimiz va his-tuyğularimiz jismoniy kasalliklarimizni keltirib çiqarişi ilmiy jihatdan isbotlangan. 

Şunday qilib, sizning kasalliklaringiz nimadan dalolat beradi?

Boş 

Agar boşingiz tez-tez oğrib tursa, bu fikrlar, xabarlar va öy-xayollaringiz "oğrişi"ni bildiradi. Boş oğiriği öz hissiyotlarini körsatmaydigan yuqori aql sohiblarida köp kuzatiladi. Bu muammo köpinça özini yetarliça baholamaslik va qörquvdan dalolat beradi. 

Soçlar

Soç bilan boğliq muammolar (erta oqarişi, soç tökilişi, ularning sinuvçanligi) - stress, çorasizlik va noumidlik indikatorlaridir. Soçlar, ayniqsa ayollarda - hayotiy energiya ramzi hisoblanadi. Inson biror nimadan qörqib, umidini uzsa yoki qattiq tuşkunlikka berilsa, soç bilan boğliq muammolar yuzaga keladi. Şu bois - özingizga va Ollohning marhamatiga işoning. 

Böyin

Böyin ongni (boşni) hissiyotlar (tana) bilan birlaştiradi. Böyindagi muammolar sizning na ongda va na tanada muvozanatni saqlay olmaganingizdan dalolat beradi. Buni metafizik darajada ma'naviyat va moddiyat örtasidagi köprik sifatida qabul qiliş kerak. Böyindagi muammolar insonning moslaşuvçan emasligini anglatadi: inson haqiqatga tik qaraş uçun boşini kötarişga qörqadi, qiyin vaziyat yuzaga kelganda hal qiliş örniga uni inkor etadi. 

Közlar

Uzoqni yaxşi körmaslik - uzoqni köra bilmaslik, kelajakdan qörqiş va köz oldidagidan boşqa narsalarga qaraşni istamaslik. 

Yaqinni yaxşi körmaslik - bugungi kun bilan yaşaşni bilmaslik. Yaqinni yaxşi körmaydigan kişilar biror nima qilişdan avval uzoq öylaşadi, ular vaziyatni tölaligiça köra olişmaydi. 

Daltonizm - közlar ranglarni qabul qilmaydi, hamma narsa rangsiz körinadi. Bu insonning hayotdagi xursandçiliklarni köra bilmasligini bildiradi. 

Glaukoma - "köz devori". Inson ötmişidan aziyat çekişi, keçirişni istamasligiga işora qiladi.