Xitoyning Lyaonin viloyati sudi giyohvand modda sotiş bilan şuğullangan guruhning 4 a'zosini ölim jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Tegişli qarorni Şenyan sudi çiqardi. Guruh boşliği Çen Syuyxun va yana bir giyohvandfuruş ölim jazosiga, yana ikki jinoyatçi hukmni ijro etişni 2 yilga qoldiriş bilan ölim jazosiga mahkum qilindi. Xitoyda qoida böyiça, ijro etişni qoldiriş bilan ölim jazosi qatldan ozod etadi. Agar jinoyatçi bu davr içida yangi jinoyat sodir etmasa, unda ölim jazosi umrbod qamoq jazosi yoki kiçikroq muddat bilan almaştirilişi mumkin.
Guruhning qolgan 5 a'zosi 2 yildan 10 yilgaça turli qamoq jazolari oldi. Sud ma'lumotlariga köra, guruh 2014 yil mayidan beri 33 kg metamfetamin sotişga ulgurgan.
Xitoy jinoyat qonunçiligida narkojinoyatlar uçun qat'iy jazo közda tutilgan. Yirik hajmdagi giyohvand modda (misol uçun, bir kg dan köproq opium yoki 50 grammdan köproq geroin) kontrabandasi uçun 15 yillik qamoq jazosi, umrbod ozodlikdan mahrum qiliş yoki ölim jazosi berilişi mumkin.

















