Şu yilning sentabr oyi örtalarida Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi, boş vazir Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi quriliş-obodonlaştiriş işlari bilan tanişiş maqsadida Yunusobod va Mirzo-Ulubek tumanlariga taşrif buyurgan edi. U amaliy safari çoğida Toşkent metrosining Yunusobod yönalişini töliq qurib bitkaziş hamda Toşkent şahrining Sirğali tumanigaça yerusti metro yölini quriş işlarini tezlaştiriş vazifasini yuklagandi.
Şu kunlarda mazkur mavzu ijtimoiy tarmoqlardagi özbekistonliklar tomonidan qizğin muhokamalarga sabab bölmoqda. Ularda, Toşkent metrosining yaqin kelajakdagi yönalişlari hamda Sirğali tumaniga boruvçi yerusti metro bekatlarining körinişiga oid suratlar namoyiş etilmoqda.
Xususan, şunday suratlardan birida Toşkent metrosining yangi loyihalaştirilayotgan yönalişlari aks etgan xaritani köriş mumkin.
Unga köra, kelgusida mavjud metro yönalişlari sönggi bekatdan yana kamida 2ta-3ta bekatga uzaytirilişi, Beruniy bekatidan söng uzaytirilgan Özbekiston yönalişining oxirgi bekatidan Sirğali tumani tomon yangi yerusti metro tarmoği qurilişi rejalaştirilayotganini köriş mumkin. Özbekiston yönalişi Döstlik bekatidan keyin Qöyliq bozorigaça yangi metro yöli bilan kengaytirilişi ham belgilangan.

















