Telegram messenjerida HTML5 bazasidagi öyinlar uçun platforma paydo böldi. Bu haqda servis blogida xabar berildi.

Öyinlar bot yordamida yaratiladi. Öyin botga murojaat qiliş yoki istalgan çat orqali işga tuşiriladi.

Ilk öyinlarni @Gamebot boti orqali topiş mumkin. Telegram vakillarining ta'kidlaşiça, öyinlar asosini musobaqalaşiş taşkil etadi. Har bir çatda alohida reyting böladi va u vaqti-vaqti bilan yangilanib, yetakçilar haqida xabar berib boradi.

Hozirda foydalanuvçilar uçun 30ta öyin mavjud bölib, ularning asosiy qismi Gamee studiyasi tomonidan yaratilgan.

Kompaniya bergan ma'lumotga köra, öyinlarni iPhone 4 va undan yangi smartfonlarda, şuningdek, Android 4.4 platformasi hamda undan keyingilarida öynaş mumkin böladi. Buning uçun smartfonda Telegram messenjerining 3.13 versiyasi örnatilgan bölişi kerak. Hozirda messenjerning sönggi versiyasi faqatgina Google Play dökonida mavjud. Tez orada u App Store’da ham paydo böladi.