7 yoşli Bana Alabed bir hafta ilgari özining tvitterida uşbu suratni çop etgan. Uning oldida kitob turibdi, stolda esa - qöğirçoq. "Halabdan xayrli kun. Men uruş haqida öylamaslik uçun kitob öqiyapman", - deya izoh berilgan suratga. 

Suriyaning kattaligi böyiça ikkinçi şahri hisoblangan Halabda qonli mojarolar davom etmoqda. Şaharda ayirmaçilar va hukumat kuçlari orasidagi qopqonda qolganlar har kuni hayot uçun kuraşişlariga töğri kelmoqda.

Bana öz tvitlarini ingliz tilida yozadi, bunda unga onasi - ingliz tili öqituvçisi Fotima yordam bermoqda. Qizça ayirmaçilar nazoratidagi Halab şahrining şarqiy qismidagi hayoti haqida sözlaydi.

Suratlardan birida Bana öz ukalari - 5 yoşli Muhammad va 3 yoşli Nur bilan tasvirlangan. Suratdagi izohda şunday yozilgan: "Samolyotlar uçib kelmasidan, ukalarim bilan rasm çizyapmiz. Biz rasm çizişimiz uçun tinçlik kerak".

Qisqa videoda esa uç bolaning yotoqxonada ekanligini köriş mumkin. "Biz doimo birga bölamiz", - deya jilmayadi Bana ukalarini quçib. 

"Köryapsizlarmi, qöşni uyga bomba tuşdi", - deyiladi tvitlardan birida, unga vayron bölgan uyning xiraroq surati ilova qilingan. 

Rossiya va Suriya harbiy kuçlari köp haftalardan buyon Halabni muntazam bombardimon qilmoqda. 

Sönggi bir neça kunlarda Bananing @alabedbana akkauntiga minglab folloverlar qöşilgan. Uning onasi Fotima Banaga tvitlar yozişga kömak bermoqda. 

Fotima VVS agentligi bilan bölgan suhbatda uning qizi "dunyo bizning ovozimizni eşitişini istaşini" aytgan. "Qizim mendan "Oyi, nima uçun bizga heç kim yordam bermayapti?" deb söraydi", - deydi Fotima.

Uning ba'zi tvitlari juda ma'yus. Biroq bombardimon paytida döstlarini yöqotgan Bana bundan köpini körgan. "U hammasini körgan, - deydi onaizor. - Bana döstlarining qanday öldirilayotgani-yu, uylarimizni qanday bombardimon qilayotganliklarigaça guvoh bölgan. U maktabining bombardimon qilinişini körgan. Bularning barçasi unga ta'sir körsatadi, albatta". Biroq nima bölganda ham, Fotima uning qizi omadli ekanini aytadi. 

Bana voyaga yetgaç, onasi kabi ingliz tili öqituvçisi bölişni niyat qilgan. U özi juda istasa-da, ötgan yildan beri maktabga bormaydi. Har qanday 7 yoşli bola kabi Bana ham döstlari bilan öynagisi keladi.