Bugun deputatlar yalpi majlisda Özbekiston Respublikasi Boş prokurori tomonidan qonunçilik taşabbusi tartibida kiritilgan qonun loyihasi muhokama qilişmoqda. Unga köra, Jinoyat kodeksining 267-moddasiga qöşimça kiritiş nazarda tutilgan.

"Olib borilgan tahlillarga köra, sönggi 3 yil mobaynida transport vositasini olib qoçiş jinoyatlari 65 foizga oşgan. Şu bois, transport vositasini olib qoçiş jinoyati uçun jazoning sodir etilgan qilmişga mutanosibligini ta'minlaş, jinoyat qonunçiligining ogohlantiruvçi-profilaktik funksiyasi samaradorligini oşiriş maqsadida Jinoyat kodeksiga tegişli özgartişlar kiritilmoqda", deydi Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi a'zosi Şerzod Töxtaşev.

Qonun loyihasiga köra, oğirlaştiruvçi holatlarsiz avtotransport vositasini olib qoçganlik uçun 5 yildan 10 yilgaça (amalda – 3-5 yilgaça), bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilgan bölsa 10 yildan 15 yilgaça (amalda – 5-10 yilgaça), uyuşgan guruh tomonidan sodir etilgan bölsa 15 yildan 20 yilgaça (amalda – 10-15 yil) ozodlikdan mahrum qiliş jazosini belgilaş közda tutilmoqda.

Manba: parliament.gov.uz