Germaniya Bundesrati (Federal kengaşi)ning Yevropa Ittifoqiga 2030 yilgaça içki yonuv dvigatellarida harakatlanuvçi har qanday avtomobillardan voz keçişni taklif qilmoqda. Loyiha mualliflarining fikriça, haydovçilarni ekologik toza transport vositalariga ötişlariga turtki beriş uçun soliq qonunçiligini özgartiriş lozim, deb yozmoqda Der Spiegel haftaligi.

Hujjatda aytilişiça, Yevrokomissiya avtotransportlardan olinadigan soliq va yiğimlar tizimini qayta körib çiqişi kerak. 

Germaniya qonunçilarining sözlariga köra, 2030 yildan keçikmasdan YeI köçalarida is gazi çiqarmaydigan avtomobillargina harakatlanişi lozim. 

Bu esa, bir jihatdan Parij iqlim kelişuvi bandlarining ijrosini ham ta'minlagan bölur edi. Unga muvofiq, Germaniyaning özi 2050 yilgaça qadar uglerod ikki oksidi gazining havo çiqarilişini 95 foizga qisqartirişi kerak. 

Şunga qaramay, Der Spiegel naşrining qayd etişiça, Germaniyaning özida ham elektromobillarga ötiş jarayoni sust keçmoqda. Bunga benzinli maşinalarga örganib qolingani va elektromobillar uçun yetarli infratuzilmalar barpo etilmagani sababdir.