Indoneziya politsiyasi bir necha kun avval Solo daryosida (Yava oroli) qayiq halokatga uchraganidan keyin bedarak ketgan mahalliy maktab o‘quvchilaridan 7 nafarining jasadini topdi. Bu haqda huquq tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib, Detik xabar tarqatgan.

Qidiruv ishlari 2 kun davom etgan.

Qayd etilishicha, katta bo‘lmagan bu qayiq halokatga uchrashidan oldin unga 25 kishi chiqqandi. Ularning aksar qismi qirg‘oqqacha suzib kelib, omon qolgan.

Dastlabki xabarlarda hodisa sababi qayiq bortiga me'yoridan ortiq odam chiqqani keltirilgan.