Stiven Spilberg va Xitoy magnati Jyek Ma superkinostudiyaga asos solishdi
Rejissyor Stiven Spilbergning Amblin studiyasi va xitoylik milliarder Jyek Maning Alibaba Pictures kinokompaniyasi strategik hamkorlik haqida bitim imzolashdi. Bu hamkorlik asosida jahon va Xitoy auditoriyasi uchun kinokartinalar ishlab chiqariladi hamda moliyalashtiriladi. Bu haqida The Hollywood Reporter xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mazkur bitim haqida Pekindagi tantanali marosimda e'lon qilingan. Yangi superstudiya Amblin filmlarining Xitoyda targ‘ib qilinishi hamda marketing bilan shug‘ullanadi, Alibaba Pictures esa Spilberg studiyasi filmlarini moliyalashtiradi.
Kelishuv doirasida Alibaba Pictures kompaniyasi Amblin aksiyalarining minoritar paketiga ega bo‘ladi va direktorlar kengashiga o‘z vakilini kiritadi.
Mavzuga oid
21:49 / 11.06.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi tuzish jarayonini to‘xtatdi
14:47 / 11.06.2024
O‘zbekiston va Hongkong huquqiy sohada qo‘shma bitimlar ishlab chiqadi
10:12 / 11.06.2024
O‘zbekiston MDHda sud-ekspertlik kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi
18:30 / 22.05.2024