Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM va SAIC qo‘shma loyihasiga oid yangi fotosuratlar
Amerikaning General Motors konserni va Xitoyning SAIC kompaniyasiga tegishli Baojun modeli Baojun 510 rusumiga tegishli intererining yangi suratlarini namoyish etdi.

Xitoyliklar yangi ixcham krossoverining tashqi ko‘rinishini sentabrda namoyish etgan edi. Endi salonga navbat kelgan ko‘rinadi. Bu shu yilning noyabr oyida Guanchjouda ochiladigan avtoko‘rgazmaga tayyorgarlik doirasida havola etilayapti. Baojun 510 mahalliy dilerlarga kelasi yil boshida yetib boradi.

Uning tashqi ko‘rinishi anchagina yoqimli deyish mumkin. Radiatorning yirik oltiburchakli qafasi, kunduzgi diodli yorug‘lik chiroqlari, Nissan uchun ishlab chiqilgan orqa chiroqlar shular jumlasidan. Ammo, uning intereri, aksincha sodda uslubda ishlab chiqilgan.

Xitoyda Baojun 510 112 ot kuchiga ega, benzinli dvigatel bilan birga taqdim etiladi. Motor 5 diapazonli mexanik uzatmalar qutisi yordamida avtomobilni harakatlantiradi. Baojun 730 miniveni ham xuddi shunday jihozlanadi.
Hozircha, SUV narxi e'lon qilinmagan. Uning eng arzon namunasi 65 000 yuan atrofida turishi taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, u modelning Xitoydan boshqa mamlakatlarda sotilishi ham noma'lum.
Suratlar: Kolesa.ru
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026