2016 yil oxiriga kelib neft narxi kötarilişi taxmin qilinmoqda. Saudiya Arabistoni energetika, sanoat va mineral zaxiralar vaziri Xolid Al-Falix  Istanbulda şunday fikrni bildirgan, deya xabar qilmoqda TASS agentligi.

«Oktyabr yoki şu yilning oxiriga kelib, bir barrel neft narxi 60 dollarga yetadi», — degan Saudiya vaziri. Uning sözlariga köra, Saudiya podşohligi Rossiyaning neft qazib olişni muvofiqlaştiriş böyiça muzokaralardagi örnini e'tirof etgan. Bundan taşqari, Ozarboyjon va Braziliya ham muzokaralarda iştirok etadi, degan vazir. 

Xususan, Brent neftining bir barreli London ICE birjasining 7 oktabr kungi savdosida 51,82 dollardan sotilgan.