Iroqda IŞID jangarilarining portlovçi moddalar joylangan drondan foydalanişi oqibatida ikki nafar fransuz askari jiddiy jarohatlangan, deb xabar qiladi Reuters agentligi.

Bundan taşqari, kurdlarning «peşmerga» harbiy bölinmasining ikki a'zosi qurbon bölgan. Fransiyaning Le Monde naşri yozişiça, hujum 2 oktabr kuni sodir etilgan.

Qayd etilişiça, harbiylar kiçik dronni tutib olişgandan söng, u portlab ketgan. Bunda portlovçi moslama masofadan işga tuşirilgani yoki taymer sabab portlagani noma'lum. 

Fransiya mudofaa vazirligi, Iroq armiyasi va «peşmerga» kurd bölinmalari bu borada izoh berişganiça yöq. 

Sentyabr oyida «Ahror aş-Şom» guruhi ham Suriyada portlovçi moslama örnatilgan dronlardan foydalangan edi.