Yevropaning bir qator klublari 2021 yilga borib, Şimoliy Yevropa Ligasini taşkil etişni rejalaştirmoqda.

BT Nyheder xabariga köra, muzokaralar Belgii, Niderlandiya, Şotlandiya, Daniya, Norvegiya va Şvetsiyaning yetakçi jamoalari örtasida olib borilmoqda.

Yangi formatdagi turnirda «Ayaks», PSV, «Feyyenoord», «Anderlext», «Bryugge», «Seltik», «Reyndjyers», «Malmyo», «Rusenborg» va «Kopengagen» kabi maşhur jamoalari bölişi mumkin.

«Bu bor gap. Agar biz bunday çoralarni körmasak, grandlar yanada kuçayişda davom etadi va bizga yanada qiyin bölib boraveradi.

Şuning uçun biz «Kopengagen» uçun xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatli iştirokni ta'minlovçi muqobil variantlar axtarmoqdamiz.

Hozirça qandaydir modellar haqida gapirişga erta, ammo biz bu mavzuda oçiq gaplaşayapmiz», – degan «Kopengagen» direktori Anders Xorşolt.