Xalqaro tadqiqotçilar dunyoning 60 ta şahrida jinoyatçilik va xavfsizlik darajasini tahlil qilib, olingan natijalar asosida dunyoning eng xavfsiz şaharlari reytingini tuzişdi.

Ekspertlar şaharlarni raqamli ma'lumotlar, soğliqni saqlaş, infratuzilma, atrof-muhit xavfsizligi  va şaxsiy xavfsizlik mezonlari böyiça baholaşgan. The Economist Intelligence Unit reytingi mutaxassislari olingan natijalar asosida Daniya poytaxti Kopengagenni dunyoning eng xavfsiz şahri deb topişgan. Kopengagen maksimal 100 balldan 82,4 ball töplagan.

Daniya poytaxti 2019 yilgi reytingdagi 8-örindan 1-öringa asosan ekologik xavfsizlik evaziga kötarilgan. Şahar şaxsiy xavfsizlik darajasi bilan birga uşbu mezon böyiça yuqori natijalar körsatgan.

“Kopengagenni eng xavfsiz şahar qiluvçi muhim omillardan biri jinoyatçilik darajasining pastligi hisoblanadi. Ayni vaqtda u 10 yildan köproq vaqt içida eng past darajada”, deb aytilgan hisobotda.

Yuqori uçtalikdan Kanadaning Toronto şahri (82,2 ball) va Singapur (80,7 ball) ham joy olgan. Eng xavfsiz şaharlar öntaligiga Sidney (80,1 ball), Tokio (80 ball), Amsterdam (79,3 ball), Vellington (79 ball), Hongkong va Melburn (78,6 balldan) hamda Stokholm (78 ball) kiritilgan. 

Alohida mezonlar kesimida raqamli ma'lumotlar xavfsizligi böyiça Sidney, soğliqni saqlaş böyiça Tokio, infratuzilma xavfsizligi böyiça Hongkong, şaxsiy xavfsizlik böyiça Kopengagen va atrof-muhit xavfsizligi böyiça Yangi Zelandiya poytaxti Vellington eng köp ball olgan.