1996 yildan 2015 yilga qadar dunyoda 1,35 million kişi halok böldi. Bu haqida BMTning Tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş idorasi (UNISDR) va Belgiya Halokatlar epidimiologiyasi tadqiqot markazining (CRED) hisobotida ma'lum qilindi.
Tadqiqot mualliflarining sözlariga köra, 1996 yildan 2015 yilgaça 7056 tabiiy ofat qayd qilingan. Ularning ta'kidlaşiça, zilzila, sunami va vulqon kabi "geofizik ofatlar" soni deyarli avvalgi ön yilliklardagidek saqlanib qolgan. Iqlim va ob-havo bilan boğliq ofatlar (suv toşqinlari, böron, issiqlik tölqinlari) soni esa ikki barobardan köproq oşgan (ya'ni 3017dan 6392gaça).
"Sönggi 20 yil içida tabiiy ofatlar natijasida halok bölgan 1,35 million kişining yarmidan köpi zilzila qurboni bölgan, qolgani esa iqlim va ob-havo bilan boğliq halokat ta'siri ostida halok bölgan", - deyiladi hisobotda.
Oxirgi 20 yil içidagi eng köp inson hayotiga zomin bölgan tabiiy ofat 2010 yilda Gaitida röy bergan zilziladir, u 229 699 nafar kişining ölimiga sabab böldi. Qurbonlar soni böyiça birinçi uçlikka 2004 yilda Indoneziyada kuzatilgan yer silkinişi va sunami (qurbonlar soni - 182 136), şuningdek 2008 yilda Myanmada bölib ötgan "Nargis" tropik sikloni (139 515) ham kiritildi.
BMT boş kotibi Pan Gi Mun bugun, 13 oktabrda Xalqaro halokatlar xavfini kamaytiriş kuni nişonlanişi munosabati bilan dunyo hamjamiyatini "xavfni boşqariş"ga köproq e'tibor qaratişga çaqirdi. Uning fikriça, qurbonlar sonini kamaytiriş uçun ofatlarga "munosabat bildiriş madaniyati"dan ularning oldini olişga ötiş kerak.

















