Şu yilning noyabr oyidan boşlab soğliqni saqlaş tizimida faoliyat körsatuvçi ayrim xodimlarning tarif stavkalariga maxsus oylik ustama tölov tizimi joriy etiladi. UzbekistanToday naşri bunday ustamalar kimlarga berilişiga aniqlik kiritib ötgan.
Xabar qilinişiça, eng köp miqdordagi ustamalar qöşib beriladigan xodimlar sirasiga xöjalik bekalari kiradi. Bu toifadagi xodimlarning maoşlariga eng kam oylik iş haqining 25 foizi miqdorida ustama qöşiladi.
30 foizlik ustamalar esa işlaş içki işlar organlari tomonidan qöriqlanadigan intensiv kuzatuvdagi ruhiy kasalliklar şifoxonalariga tenglaştirilgan muassasalarning boş vraçi, boş vraç örinbosari va oliy ma'lumotli mutaxassislarga beriladi.
Şuningdek, içki işlar organlari tomonidan qöriqlanadigan intensiv kuzatuvdagi ruhiy kasalliklar şifoxonalari xodimlari maoşlariga ham ustama qöşiş körib çiqilgan. Bunday xodimlarga eng kam oylik iş haqining 15 foizi miqdorida ustama tölaş belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi qoşidagi tibbiy-sanitariya birlaşmasi xodimlariga turli miqdorlarda ustamalar tölaş örnatiladi. Muassasalarning rahbari, rahbar örinbosari va oliy ma'lumotli mutaxassislari (Tibbiy-sanitariya birlaşmasi apparatida ştatda turuvçi xodimlardan taşqari) 15 foizlik ustamaga ega bölişadi.
Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi qoşidagi tibbiy-sanitariya birlaşmasi muassasalarining qolgan xodimlariga esa 10 foizlik ustamalar belgilanadi.













