Alişer Usmonovning matbuot xizmati milliarderning Özbekiston yangi rahbariyatiga ta'sir ötkazişi haqidagi ma'lumotlarni inkor qildi. Bu haqida tadbirkorning matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Milliarder Alişer Usmonovning Özbekiston yangi rahbariyatiga aloqasi yöq, bu boradagi maqolalar esa miş-mişdan boşqa narsa emas", - deb yozadi Forbes tadbirkorning matbuot xizmati xabariga asoslanib.
"Bir neça marta aytilganidek, A.B.Usmonov Özbekistonning siyosiy hayotida iştirok etmaydi", - deyilgan matbuot relizida. Şuningdek unda Usmonovning Özbekistonda köp döstlari va qarindoşlari borligi ta'kidlangan.
Manbaga köra, agar Özbekiston rahbariyati qandaydir yordam sörab murojaat qilsa, Alişer Usmonov "foydasi tegişidan xursand böladi". Matbuot relizida şuningdek işbilarmonning "tarixiy vataniga muvaffaqiyatlar va farovonlik" tilaşi ma'lum qilingan.
Bundan avval Reuters agentligi ikki diplomatik manbasiga tayanib, Özbekistonning boşqaruv tizimiga doir xato ma'lumot bergan va Alişer Usmonovning hozirgi rahbariyatga ta'sir körsatişi mumkinligi haqida yozgan va "Toşkent aeroportida milliarderning samolyoti köp kuzatilayotgani"ga işora qilgan.

















