Xorijiy sarmoyalarga oid fDi Magazine naşri dunyoning eng yaxşi erkin iqtisodiy hududlari reytingini tuzib çiqdi. Uşbu röyxatda birinçi örin BAAning DMCC loyihasiga taqdim etilgan. U ikkinçi yil global miqyosda eng yaxşi erkin iqtisodiy hudud deb topilmoqda. Osiyoning yana bir vakili, Xitoyning Şanxay şahridagi Waigaoqiao erkin savdo hududi ikkinçi örinni egallagan.
Mazkur reytingga «Navoiy» erkin industrial iqtisodiy hududi ham kiritilgan bölib, u «Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxşi erkin iqtisodiy hududi» nominatsiyasida birinçi, «Osiyodagi eng yaxşi erkin iqtisodiy hudud» nominatsiyasida ikkinçi öringa munosib körilgan.
Bundan taşqari, «Navoiy» EIIZ «Osiyoning kiçik va örta biznesni jalb qiliş böyiça eng yaxşi erkin iqtisodiy hududi» böyiça ham ikkinçi örinni egallagan.
fDi Magazine jurnali fDi Intelligence tahliliy markazi tomonidan çop etiladi va Financial Times naşriyot uyi tarkibiga kiradi. Naşr bevosita xorijiy investitsiyalar global bozoridagi tendensiyalar tahlili va prognozlariga ixtisoslaşgan.
«Navoiy» EIIZ Özbekiston Birinçi Prezidentining 2008 yil dekabrdagi farmoni bilan taşkil etilgan. Uning faoliyat muddati 30 yil qilib belgilangan, biroq, bu muddatni uzaytiriş imkoniyati saqlab qolingan. «Navoiy» EIIZ 564 ming gektar maydonga joylaşgan bölib, uşbu davr mobaynida bu yerda imtiyozli bojxona, soliq va valyuta tartibi amal qiladi, kiriş-çiqiş va u yerda turiş qoidalari soddalaştirilgan tartibda yuritiladi. Şu bilan birga, eng kam sarmoya 3 mln yevroni taşkil etsa, soliq imtiyozi qöllaniladi.
















