Harvard universiteti va Rossiyaning kvant markazi (RKM) olimlari olmoslar asosida yangi turli kvant kompyuterining elementini yaratişga muvaffaq bölişdi. Bu haqda Science ilmiy jurnali xabar qiladi.
«Bunday olmoslar yetarliça oddiy va işonarli kvant kompyuterlarini yaratiş uçun yaxşi asos bölib xizmat qilişi mumkin. Ular optik kvant tarmoği, öta sezgir sensorlar uçun element sifatida işlaşi mumkin», — dedi tadqiqot hammuallifi Denis Sukaçev.
Fiziklar ilk bor atom kremniy bilan "boğlangan" olmoslar asosidagi kubit va optik tranzistorni yaratişdi. Bu esa kvantli kriptografiya uçun örnatiş imkonini kengaytiradi.
Professor Mixail Lukin boşçiligidagi olimlar guruhining fikriça, ularning tadqiqoti hozirgi kunda kvant kompyuterlarini yaratiş uçun eng maşhur yeçimlardan biri bölgan muqobil kubit hisoblanadi. 2016 yilning sentabr oyi oxirida D-Wave Systems kompaniyasi San-Frantsiskodagi anjumanda superötkazuvçi kubitlar asosidagi kompyuterni taqdim etdi.
Kubitlar — kvant kompyuter uçun hisoblaş elementlari sanaladi. Ular kompyuterlarga bir takt içida köplab hisoblaşlarni amalga oşirişga imkon beradi.












